"Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi

"Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi

"Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi


Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida "Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida yosh xodimlar ishtirokida seminar tashkil etildi.


Seminarda boshqarma boshlig‘i hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi mas’ul xodimi ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatida halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.


Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik talablari hamda har bir davlat xizmatchisining mas’uliyati haqida so‘z yuritildi. Yoshlar o‘rtasida halollik madaniyatini yuksaltirish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.


Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, korrupsiyaga qarshi kurashish barchaning fuqarolik burchi ekani yana bir bor e’tirof etildi.

14-07-2026, 09:58
Sahifaga qaytish