12фев

Viloyatda o'ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to`g`risida matbuot anjumani o`tlkazildi.

Bugun Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida Xorazm viloyat hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2026 yil 29- yanvardagi “Xorzam viloyati aholishi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha 2025 yilda bajarilgan ish yakuni hamda 2026-yildagi asosiy vazifalar to’g’risida” gi buyrug’ining ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sog'liqni saqlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash va karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hodimlari ishtirokida "Viloyatda o'ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar" to'g'risida matbuot anjumani o'tkazildi. Anjumanni Viloyat San-Epid boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Sh.Otajanov ochib berdi.
Anjumanda viloyat boshqarmaning bo`lim mudiri X.Matyoqubov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi podpolkovnigi  R.Xudayberganov va Ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash va karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi mayori J.Vapayevlar tomonidan anjuman ishtirokchilariga  "O'ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish" bo`yicha batafsil ma`lumotlar berib o`tishdi va tarqatma materiallar xam berildi.
Ishtirokchilar o`zlari qiziqtirgan savollariga soha mutaxassilari tomonidan to`liq javoblar olishdi. 

Anjuman baxs munozaralarga boy tarzda o`tdi. Anjuman so`ngida faol ishtirok etgan Bloger va jurnalistlarga boshqarma tomonidan sovg`alar taqdim etildi.