12мар
“Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligining profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2026 yilga belgilangan rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
“Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligining profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2026 yilga belgilangan rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Urganch shahrida “Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligining profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2026 yilga belgilangan rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Urganch shahrida “Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligining profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2026 yilga belgilangan rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.Unda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlarining jamoatchilik bilan ishlash bo‘limlari vakillari, tibbiyot birlashmalarining mas’ul xodimlari, yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda gepatologiya markazi mutaxassislari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mas’ullari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Otajonov so‘zga chiqib, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligining oldini olish borasida hududda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar hamda erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi. U o‘z nutqida mazkur kasallikning oldini olish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidlab, profilaktik choralarni yanada kuchaytirish zarurligini qayd etdi.Shuningdek, tadbir davomida mas’ullar hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdilar.Anjuman davomida mutaxassislar tomonidan Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligi sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda, shaxsiy gigiyena talablariga amal qilinmaganda yoki kasallangan bemor bilan yaqin aloqada bo‘lish natijasida yuqishi mumkinligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, kasallikning yengil, o‘rta va og‘ir shakllari, uning asosiy alomatlari hamda kasallikdan himoyalanish choralariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida mutaxassislar kasallikka qarshi olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni yanada takomillashtirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish hamda kasallikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirdilar. Matbuot anjumani savol-javoblar hamda o‘zaro fikr almashish bilan yakunlandi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


