Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyoti kushandasi
Hozirgi kunda dunyoda diniy ekstremistik hamda terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qilgan holda, tinch aholi orasida qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish holatlari borgan sari ko‘payib bormoqda. Shuningdek, ushbu oqim tarafdorlari hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda, zamon bilan hamnafas tarzda, o‘zlarining g‘oyalarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali aholi ongiga singdirib kelmoqda. Natijada, ekstremistik hamda terroristik oqimi g‘oyalariga ko‘r-ko‘rona ishongan holda, o‘zini qurbon qilayotgan shaxslar soni ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Afsuski, ushbu holat yurtimiz fuqarolari orasida ham uchrab turibdi.
Xususan, Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan Xorazm viloyati Shovot tumanida istiqomat qiluvchi “U.X.X.”ning uyali aloqa vositasi ko‘zdan kechirilganda, ushbu apparat xotirasidan diniy eksterimstik mazmundagi 25 ta video hamda 12 ta audio materiallar borligi, fuqaro tomonidan ushbu materiallarni o‘zining yaqin tanishlariga tarqatib kelayotganlik holati aniqlangan. Shuningdek, fuqaro “U.X.X.”ga nisbatan tegishli tartibda javobgarlik qo‘llanilgan.