03апр

Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari hamda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tuman shahar markaziy dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

 Tadbir davomida bozor va shaxobchalarda faoliyat olib borayotgan sotuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda maxsus kiyimlarda savdoni amalga oshirishi, noma’lum sharoitlarda tayyorlangan sifati va xavfsizligini ta’minlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan mahsulotlarni sotmaslik, veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda faoliyat yuritish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

 ✔️Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.