27окт

UNESCO va O‘zbekiston: yoshlar iqlim harakatida!

2025-yil 27–28-oktabr kunlari qadimiy Samarqand shahrida 14-UNESCO Yoshlar Forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi yirik xalqaro forum “Iqlim harakati va uning ijtimoiy ta’siri, ayniqsa yoshlar uchun” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, UNESCO va O‘zbekiston Hukumati hamkorligida tashkil etilmoqda.

✔️ Forumning maqsadi – yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini global miqyosda ilgari surish va barqaror kelajakni shakllantirishda ularning ovozini kuchaytirishdir.

🌿Forumning ochilish marosimi “Generation of Action” shiori ostida o‘tadi. Unda yoshlar iqlim bo‘yicha ilgari surayotgan tashabbuslar, innovatsion yechimlar va ularning global iqlim siyosatidagi o‘rni yoritiladi. Tadbirda UNESCOning Ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi hukumati vakillari, shuningdek, Nigeriya, Misr, Ispaniya, Boliviya va Braziliyadan yosh iqlim yetakchilari chiqish qiladi. Forum davomida yoshlar o‘z g‘oyalari, startaplari va jamiyatni o‘zgartirishga qaratilgan loyihalarini taqdim etadilar.

🎤Yoshlar o‘z startap va loyihalarini taqdim etib, “Youth Recommendations and Calls to Action” sessiyalarida qatnashib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida o‘z tavsiyalarini ishlab chiqadilar. Ushbu hujjat keyinchalik UNESCO Bosh konferensiyasiga yoshlar tavsiyalari sifatida taqdim etiladi.

🎶 Forum “Musical Evening” (“Musiqiy oqshom”) – musiqa va madaniyat kechasi tashkil etilib, xalqaro do‘stlik va madaniy almashinuv ruhi bilan yakunlanadi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

😎Telegram| (https://t.me/sanepidcommittee) 😎Instagram| (https://instagram.com/sanepid__uz) 😎Facebook| (https://fb.me/@sanepidxizmat) 😎YouTube| (https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ)😐Veb-sayt (https://gov.uz/oz/sanepid)