28ноя

Hamkorlikdagi maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Yangibozor tuman bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, obodonlashtirish xizmati hamda tibbiyot xodimlari hamkorligida Qrim-Kongo, botulizm, ovqatdan zaharlanish, quturish va kuydirgi kabi xavfli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tuman hududlarida Qrim-Kongo gemorragik isitmasi hamda odamlar va hayvonlar o‘rtasida tarqaluvchi o‘ta xavfli yuqumli quturish kasalligining oldini olish, shuningdek, yuqum manbalari va xavf omillarini bartaraf etish choralarini samarali tashkil etishdan iborat. Shu bilan birga, maxsus himoya vositalaridan foydalanish malakalarini mustahkamlash va tizimli tarzda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni takomillashtirish vazifalari ko‘rib chiqildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida dunyo miqyosidagi epidemiologik vaziyat, yuqumli kasalliklarning mamlakatimizga kirib kelishining oldini olish choralari, hamkor tashkilotlar o‘rtasida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar belgilab olindi.