Boshqarmada 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi



9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan boshqarmada tadbir tashkil etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i M. Samandarov va boshqarma huquqshunosi Sh. Avezmurotov so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning muhim qismi ekani, davlat boshqaruvida oshkoralik, hisobdorlik va shaffoflikni ta’minlash orqali fuqarolar ishonchini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ahamiyati ta’kidlandi.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan davlat dasturlari, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda davlat xizmatchilarida siyosiy madaniyat va huquqiy ongni oshirishga oid vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi.
Tadbirda xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish, xizmat madaniyatini yuksaltirish va jamoatchilik oldida o‘zini munosib tutish muhim ekani alohida qayd etildi. Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ning mazmun-mohiyati — davlat xizmatchisining halolligi, manfaatlar to‘qnashuvidan tiyilishi, xizmat vazifalariga sodiqligi va fuqarolarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kabi asosiy talablar batafsil tushuntirildi.
Tadbir yakunida tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli vazifa va ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


