05дек

Milliy liboslar — an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi

sifatida keng nishonlanishi — bu nafaqat an’ana, balki davlatimizning milliy o‘zlikni asrash va mustahkamlash borasidagi qat’iy siyosatining amaliy ko‘rinishidir. Milliy libosni e’zozlash — Vatan, xalq va yurt taqdiriga befarq bo‘lmaslikning yorqin ifodasidir.

Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda shahar va tuman bo‘limlari xodimlari ushbu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlab, har juma kuni ishga o‘zbek milliy liboslarida kelishmoqda. Bu nafaqat tashqi ko‘rinish, balki mas’ul xodimlarning Vatanga sadoqati va xalqimizning tarixiy merosiga bo‘lgan hurmatini ifodalaydi.

Atlas, adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslar va milliy do‘ppilar — o‘zbek xalqining ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, madaniyati va ma’naviy merosini mujassam etgan bebaho qadriyatlardir. Milliy kiyim — millatning yuzi, iftixori va mustaqil jamiyatning ruhiy poydevoridir.

Bugun milliy libosni ardoqlash — ertangi avlodga mustahkam meros qoldirish, yurtimizda birlik, barqarorlik va milliy birdamlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.