28янв

2026-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining ilk mavsumi 1-fevraldan boshlanadi


Joriy yilning 1-fevralidan“Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi birinchi mavsumi start oladi. Mazkur mavsum loyiha joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Mavsum doirasida jarayonlar bir necha bosqichda tashkil etiladi.

Xususan, 1–20-fevral kunlari fuqarolar tomonidan loyihalar kiritiladi. 

21-fevraldan 7-martgacha taqdim etilgan loyihalar saralash bosqichidan o‘tkaziladi.

8–10-mart kunlari targ‘ibot ishlari olib boriladi, 

11–20-mart kunlari esa ovoz berish jarayoni amalga oshiriladi.

Shuningdek, 21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblar e’lon qilinishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.