Zamonaviy dezinfeksiya va sterilizatsiya — tibbiy xizmat sifati va xavfsizligining muhim kafolat



Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining majlislar zalida aholi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda dezinfeksiya tadbirlarining o‘rni, dezinfeksiya vositalarining samaradorligini inobatga olgan holda “Davolash-profilaktika muassasalarida zamonaviy dezinfeksiya hamda sterilizatsiya tadbirlarini amalga oshirish va yangi SanQvaMga kiritilayotgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar” mavzusida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Seminarda viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosarlari, gospital epidemiologlar, markaziy sterilizatsiya hamda endoskopiya xonalari dezinfeksiyasi uchun mas’ul xodimlar, muassasa dezinfektorlari, shuningdek shahar va tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organlarining dezinfeksiya yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tadbirda tibbiyot fanlari nomzodi Nazarboy Xoshimovich Ergashev — “ABK-MEDICAL” kompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari ishtirok etib, zamonaviy dezinfeksiya usullari, dezinfeksiya vositalaridan samarali foydalanish hamda infeksiyalarning oldini olishga doir dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Seminar davomida yangi SanQvaMga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Amaliyotda uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Ayniqsa, tibbiyot muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, dezinfeksiya va sterilizatsiya jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


