Halollik va mas’uliyat — ustuvor tamoyil


Bugun Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Urganch shahar bo‘limida xodimlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan seminar tashkil etildi. Unda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish hamda xizmat odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda shahar bo‘limining mas’ul xodimlari ishtirok etib, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, har bir qarorda adolat mezonlariga amal qilish zarurligi ta’kidlandi.
Seminarni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi ichki komplaens nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmasi mas’ul xodimi Ravshanbek Jumaniyazovich Vaisov ochib berdi.
U o‘z nutqida korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat qonun talabi, balki har bir davlat xizmatchisining vijdoniy burchi ekanini alohida ta’kidladi.
Seminar davomida ishtirokchilarga korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ularga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda bunday holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir xodimlarda halollik, mas’uliyat va fidoyilik kabi fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, seminar 2026-yil 1-aprelda tasdiqlangan boshqarmaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi chora-tadbirlar dasturining 6-bandi asosida tashkil etildi hamda unda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashga qaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


