Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi


Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Urganch tuman bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat intizomini mustahkamlash kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda sohada qonuniylikni ta’minlash, xizmat faoliyatida xolislik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish har bir xodimning ustuvor vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.
Seminar ichki komplayens nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlari, shuningdek, xizmat faoliyatida qonun talablariga qat’iy amal qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


