29апр

Axborot xavfsizligi va tartib-intizom — ustuvor vazifa

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.R. Samandarovning 2026 yil 7 apreldagi 50-i-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarmaning barcha tarkibiy bo‘limlarida mavjud kompyuter texnikalaridan samarali va maqsadli foydalanish, axborot xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek laboratoriya asbob-uskunalari hamda maxsus texnikalarni asrab-avaylashga qaratilgan tizimli nazorat va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda ichki komplaens nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim R. J. Vaisov hamda AKT bo‘limi mutaxassisi J. Vapayev ishtirokida xodimlar o‘rtasida tushuntirish va profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbirda axborot tizimlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish hamda ichki tartib-qoidalarni buzmaslik bo‘yicha muhim tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.
Bunday amaliy chora-tadbirlar boshqarma faoliyatida shaffoflik, mas’uliyat va samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.