Rahbar va yoshlar uchrashuvi — kelajak sari muhim qadam


So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar siyosatiga davlat darajasida yuksak e’tibor qaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu ezgu say-harakatlar zamirida yosh avlod kelajagini mustahkam poydevor ustiga qurish maqsadi mujassam.
Ana shu ezgu ishlar doirasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.R. Samandarov boshchiligida Toshkent tibbiyot universiteti talabalari hamda boshqarmaning shahar-tuman bo‘limlari yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning orzu-intilishlari, qiziqishlari, muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi hamda jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashildi.
Albatta, yoshlar — yurtning ertangi kuni, millatning ishonchi va davlatning mustahkam tayanchidir. Ularning qalbida Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch va yuksak maqsadlarga intilish tuyg‘ularini shakllantirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Zero, yoshlarga berilgan e’tibor — kelajakka qaratilgan eng katta sarmoyadir.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


