29апр

Xorazmda “Bosh davlat sanitariya vrachi kubogi” futbol musobaqasining saralash bosqichi boshland

Xorazm viloyatida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, tizim xodimlari o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida muhim sport tadbiriga start berildi.
Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tashabbusi bilan tuman va shahar bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachi kubogi” uchun futbol musobaqasining hududiy saralash bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Mazkur musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki sog‘lom turmush tarzi, xizmat intizomi va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Musobaqada ishtirok etayotgan jamoalar o‘z hududlari sha’nini munosib himoya qilish, g‘alabaga bo‘lgan qat’iyat va yuksak irodanamunasini namoyon etmoqda.