21май

Qo‘shko‘pir tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limida xodimlar ishtirokida odob-axloq qoidalariga rioya etish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
✅ Seminarni ichki komplaens nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim Ravshanbek Jumaniyazovich Vaisov olib bordi. Tadbir davomida davlat xizmatida halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhim ekani ta’kidlandi.
🔰 Shuningdek, xodimlarning odob-axloq me’yorlariga qat’iy amal qilishi, fuqarolar bilan munosabatlarda xolislik va adolat tamoyillariga rioya etishi bugungi kunning ustuvor talabi ekani qayd etildi.