Aholi salomatligi yo‘lida nazorat tadbirlari davom etmoqda


Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish maqsadida Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Xorazm viloyati IIB JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida Yangiariq tumani dehqon bozori va go‘sht savdosi shoxobchalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida sotuvchilarga veterinariya-sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etish, sifat va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni savdoga chiqarmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari ham tashkil etildi.
Nazorat davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


