Yangiariq tumanida bolalar salomatligini muhofaza qilish yo‘lida muhim profilaktik tadbir


Yangiariq tumani 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida 1-tur ommaviy degelmintizatsiya tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni turli yuqumli va parazitar kasalliklardan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Tadbirda vrach-parazitologlar, oilaviy poliklinika mutaxassislari, bosh hamshiralar hamda maktab hamshiralari ishtirok etib, belgilangan tartib asosida bolalarga albendazol dori vositalari tarqatildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ota-onalar hamda mas’ul xodimlarga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, profilaktika choralarini kuchaytirish hamda dori vositalarini to‘g‘ri qabul qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Aholi salomatligini asrash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish kabi profilaktik tadbirlar hududlarda izchil davom ettirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


