21май

Kibermadaniyat va kiberxavfsizlik — bugungi kunning dolzarb masalasi

Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Urganch tuman bo‘limida kibermadaniyatni yuksaltirish va kiberxavfsizlikni ta’minlashga bag‘ishlangan seminar tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Urganch tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar. Seminar boshqarmaning ichki komplaens nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi Ravshanbek Jumaniyazovich Vaisov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tashkil etildi.
Seminar davomida bugungi raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda kiberjinoyatlarning oldini olish, internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kibermadaniyat va kibergigiena qoidalariga amal qilishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash, xodimlarda ogohlik va mas’uliyat hissini kuchaytirish hamda kiberxavfsizlik sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.