21май

Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Urganch shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
 Tadbirda Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining ichki komplaens nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi Ravshanbek Jumaniyazovich Vaisov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbir davomida yosh avlod ongida  korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, qonunga hurmat, halollik va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga korrupsiyaning oldini olish, qonunchilikka rioya etishga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.