04июн

Shaxmat va shashka — intellektual salohiyat va jamoaviy birdamlik omili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-66-son Farmonining 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Tuproqqal’a tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqalarda bo‘limning faol xodimlari ishtirok etib, o‘zlarining strategik fikrlash, mantiqiy tahlil qilish hamda intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. Bahslar qiziqarli va murosasiz ruhda kechib, ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona muhit yanada mustahkamlandi.
Mazkur tadbir xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish jamoada ahillik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qilаdi.