04июн
“Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida donorlik aksiyasi davom etmoqda


iloyat qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida qon donorligi aksiyasi o‘tkazilmoqda. Mazkur xayriya tadbirida Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Donorlik — insonparvarlik, mehr-oqibat va yuksak fuqarolik mas’uliyatining yorqin namunasidir.
Aksiya davomida topshirilgan har bir tomchi qon og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bemorlar, ayniqsa, jajji bolajonlar uchun hayot umidi va shifo manbaiga aylanadi.
Bir tomchi qon — bir inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Shu bois donorlik nafaqat xayrli amal, balki insoniylikning eng oliy ko‘rinishlaridan biridir.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


