04июн

Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari

Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Shovot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i tomonidan Shovot tumani Yoshlar markazida faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, davlat yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va faolligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Ularning fikr-mulohazalari tinglanib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.