Dolzarb 90 kun



Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.Mazkur musobaqada viloyat boshqarmasi hamda shahar va tuman bo‘limlaridan tashkil topgan jamoalar faol ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni viloyat boshqarmasining “Xorazm posbonlari” jamoasi egalladi, 2-o‘rinni Xiva tumanining “Everest” jamoasi qo‘lga kiritdi, 3-o‘rinni esa Gurlan tumanining “Gurlan” jamoasi egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bunday intellektual tadbirlar yoshlarning bilimga qiziqishini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Kanalga ulanish 👈

