“Rahbar va yoshlar” — ochiq muloqot o‘tkazildi



Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida har payshanba kuni yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.R. Samandarov ishtirokida boshqarmaning yosh xodimlari bilan “Rahbar va yoshlar” mavzusida navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yosh xodimlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi. Shuningdek, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, xizmat faoliyatida mas’uliyat va fidoyilikni kuchaytirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, xizmat intizomi hamda kasb odobiga rioya etish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Kanalga ulanish

