Milliy libos — xalqimizning bebaho merosi

Milliy liboslar xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Ular milliy o‘zligimiz, ma’naviy boyligimiz va qadimiy an’analarimizning yorqin timsoli hisoblanadi.

Yurtimizda har haftaning juma kuni o‘tkaziladigan “Milliy liboslar kuni” milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni keng targ‘ib etish hamda jamiyatimizda milliy o‘zlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda uning barcha shahar va tuman bo‘limlari jamoalari ushbu ezgu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlab, har juma kuni milliy liboslarda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu orqali milliy qadriyatlarimizga yuksak hurmat, ma’naviy merosimizga e’tibor va milliy an’analarimizga sadoqat amalda namoyon etilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 

Kanalga ulanish    👈
3-07-2026, 19:39
Ko'rishlar: 31
Sahifani chop etish