Tuproqqal’a va Xonqa tumanlarida mahallabay profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “mahallabay” ishlash tizimi asosida amaliy tadbirlar olib borilmoqda.
Tuproqqal’a tumanidagi Y. Oxunboboyev mahallasida hamda Xonqa tumanidagi “Yangilanish” mahallasida mutaxassislar tomonidan aholi bilan bevosita muloqotlar tashkil etilib, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish va turli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Profilaktik tadbirlar davomida yosh bolalar gelmintoz kasalliklariga tekshirildi, laboratoriya tekshiruvlari uchun zarur namunalar olindi. Shuningdek, hududdagi ichimlik suvidan laboratoriya tahlillari uchun namunalar olindi.
Aholining yashash xonadonlarida sanitariya holatini yaxshilash va yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Fuqarolarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish hamda parazitar kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bunday “mahallabay” tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
9-09-2026, 11:13
Ko'rishlar: 18
Sahifani chop etish