Tayinlov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Qo‘shko‘pir tumani bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.
Ahmedov Maqsad Karimovich Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
M. Ahmedov mazkur tayinlovga qadar Shovot tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Maqsad Karimovichga yangi va mas’uliyatli lavozimida mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, oilaviy xotirjamlik hamda faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. Qo‘shko‘pir tumanida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi ezgu ishlariga rivoj va omad yor bo‘lsin!
9-09-2026, 17:44
Ko'rishlar: 8
Sahifani chop etish