URGANCH SHAHRIDA O‘TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLARGA QARSHI MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI





Urganch shahrida aholi salomatligini muhofaza qilish, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda favqulodda epidemiologik vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilishga tayyorgarlikni oshirish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlari, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida o’lat, vabo, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, quturish, kuydirgi, botulizm va ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish, xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash, kasalliklar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tezkor tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda mas’ul idoralarning hamjihatlikda harakat qilishi, o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va zarur choralarni belgilangan tartibda amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Kanalga ulanish

