DAVLAT TILI — MILLIY G‘URURIMIZ VA MA’NAVIY BOYLIGIMIZ!

Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida xodimlar ishtirokida “Mahalla — el-ustuni” mavzusida umummilliy diktant o‘tkazildi.
Diktant Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi mutaxassislari tomonidan qabul qilindi.
Mazkur tadbir xodimlarning yozma nutq savodxonligini oshirish, davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirish hamda ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
15-10-2026, 16:40
Ko'rishlar: 72
Sahifani chop etish