




“Gigiyena” yo‘nalishida 144 soatlik (1 oy) malaka oshirish kursi 2024-yilning 16-sentabridan Xorazm viloyatida sayyor sikl tarzida offline (online) ko‘rinishida olib borilmoqda.‼️ Ma’lumot o‘rnida aytish joizki Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarining xodimlari uchun sharoit yaratish maqsadida mazkur sayyor sikl o‘tkazilmoqda.