So‘nggi yillarda dunyoda yuz bergan COVID-19 pandemiyasi sanitariya-epidemiologiya tizimining ahamiyatini yanada oshirdi. Pandemiya favqulodda epidemiologik vaziyatlarga tezkor munosabat bildirish, yuqumli kasalliklarni erta aniqlash, ularning tarqalishining oldini olish hamda aholi salomatligini muhofaza qilishda raqamli texnologiyalarning o‘rni beqiyos ekanini namoyon etdi.📝Bugungi kunda mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya sohasini raqamlashtirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan sohadagi xizmatlar samaradorligini oshirish, inson omilini kamaytirish, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va tahlil qilish maqsadida bir qator zamonaviy axborot tizimlari ishlab chiqildi.
Batafsil: 👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/186394
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati