Davolash-profilaktika muassasalarida infeksion nazorat masalalari muhokama qilindi

Davolash-profilaktika muassasalarida infeksion nazorat masalalari muhokama qilindi

Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari uchun seminar tashkil etildi.

Unda davolash-profilaktika muassasalarining davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosarlari, bosh hamshiralar, sterilizatsiya ishlari uchun mas’ul xodimlar hamda dezinfektorlar ishtirok etdi.

Seminar davomida tibbiy buyumlarni sterilizatsiya qilish, dezinfeksiya tadbirlarini samarali tashkil etish, infeksion nazorat tizimini takomillashtirish, shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish, bir martalik tibbiy buyumlar va tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish, saqlash, tashish hamda utilizatsiya qilish bo‘yicha amaldagi sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
3-08-2026, 15:51
Sahifaga qaytish