


Milliy libos — ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelayotgan bebaho ma’naviy qadriyat, xalqimizning tarixi, madaniyati va o‘zligining yorqin ifodasidir.Milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlod ongiga singdirish va keng targ‘ib etish milliy o‘zlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, har haftaning juma kuni o‘tkazilayotgan “Milliy liboslar kuni” xalqimizning boy madaniy merosiga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu kun munosabati bilan Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda shahar va tuman bo‘limlari xodimlari milliy liboslarda mehnat faoliyatini olib borib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan ehtiromini namoyon etmoqda.