



Yangiariq tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida II tur ommaviy degelmintizatsiya tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida bolalar salomatligini nazorat qilish va parazitar kasalliklarning oldini olish maqsadida bolalardan gijja tuxumlarini aniqlash uchun laboratoriya tahlillari olindi.
Jarayonda vrach-parazitologlar, oilaviy poliklinika mutaxassislari, bosh hamshiralar hamda maktab hamshiralari ishtirok etib, belgilangan tartib asosida bolalarga albendazol dori vositasi berildi.
Shuningdek, ota-onalar va mas’ul xodimlarga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, parazitar kasalliklarning oldini olish hamda bolalar salomatligini asrash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur profilaktik tadbirlar bolalar salomatligini muhofaza qilish, parazitar sog‘lom avlodni voyaga yetkazish maqsadida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida izchil davom ettirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Kanalga ulanish