“TIBBIYOT XODIMLARI KUNI” BAYRAMI BARÇANGIZGA MUBORAK BÖLSIN!

“TIBBIYOT XODIMLARI KUNI” BAYRAMI BARÇANGIZGA MUBORAK BÖLSIN!

Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasida kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir taşkil etildi.

Tadbirda boşqarma boşliği M. Samandarov sözga çiqib, barça tibbiyot sohasi vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Öz nutqida Prezidentimiz rahnamoligida soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş, aholi salomatligini muhofaza qiliş, kasalliklarning oldini oliş hamda sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Bayram tadbirida sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar va faol xodimlarning xizmatlari alohida e’tirof etildi. Jumladan, “Keksalar haftaligi” doirasida boşqarma hamda hududiy bölimlarda köp yillardan buyon sidqidildan mehnat qilib kelayotgan faxriylarga hurmat va ehtirom körsatildi.

Tadbir yakunida bir guruh faol xodimlar va faxriylar taşakkurnomalar hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.

Barça tibbiyot xodimlariga mustahkam soğliq, oilaviy baxt, şarafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

10-11-2026, 11:03
Sahifaga qaytish