XORAZMDA SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR TINGLANIB, AMALIY YEÇIMLAR BELGILANDI

XORAZMDA SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR TINGLANIB, AMALIY YEÇIMLAR BELGILANDI

Bugun, 19-noyabr kuni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi Bahodir Yusupaliyev iştirokida Xorazm viloyatida aholi va tadbirkorlar uçun sayyor qabul ötkazildi.

Sayyor qabulning asosiy maqsadi — hududlarda aholini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni örganiş, fuqarolar murojaatlarini tinglaş va ularning yeçimi yuzasidan amaliy çoralar belgilaşdan iborat.

Qabul davomida fuqarolar sanitariya-gigiyena, epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bilan boğliq masalalar yuzasidan öz murojaatlarini bildirdilar.

Şuningdek, işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar öz faoliyatida duç kelayotgan muammolar, mavjud tösiqlar hamda ularni bartaraf etiş böyiça takliflarini ilgari surdilar.

Maktabgaça ta’lim taşkilotlari xodimlari ham öz faoliyatiga oid masalalar, mavjud muammolar va ularning yeçimi yuzasidan takliflarini bildirdilar.Har bir murojaat alohida e’tibor bilan körib çiqilib, ularni qonuniy tartibda hal etiş yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topşiriqlar berildi.

Ayrim masalalar joyida hal etildi, qöşimça örganiş talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
19-11-2026, 14:05
Sahifaga qaytish