Ushbu murojaat “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy shu’basi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda mobil aloqa operatorlari tomonidan hamkorlikda joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tegishli o‘lchov vositasi orqali hududdagi Elektomagnit maydon darajalari o‘lchandi hamda mobil aloqa operatorlarining tayanch stansiyalari sanitar qoidalari va me’yorlariga mos kelishi to‘g‘risida hulosalar berildi.
Mutahassislar tomonidan mahalla aholisiga murojaatlarini o‘rganish va o‘lchov natijalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.


