30апр

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘ining sohada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaatnomasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi  Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘ining sohada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaati

HURMATLI HAMKASBLAR !

       Bugungi kunda Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.

       Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantiradigan maxsus vakolatli davlat organi tashkil etilgani korrupsiyaga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish vaqti yetganini ko‘rsatdi.
       Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi  Xorazm viloyati boshqarmasi  tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirish uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Davlat Rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashga doir tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda, bu illatning oldini olish va profilaktika qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
       Jumladan, korrupsiya xavfini baholash, xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘rgatish va ularning malakasini oshirish, buning uchun samarali ichki nazorat, xususan, xodimlarga korrupsiyaga oid masalalar,  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xodimlari  tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha avtomatlashtirilgan yechimlar va boshqa chora-tadbirlar yuzasidan murojaat qilish tizimi joriy etilgan.
       Bunda vatanparvarlik, sodiqlik va mas’uliyatni faoliyatning asosiy tamoyiliga aylantirgan holda,  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi  Xorazm viloyati boshqarmasining  har bir xodimi jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim.
       Yuqoridagilardan kelib chiqib, korrupsiya xolatlari bilan bog‘liq arizalar yoki shikoyatlar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bo‘lgan har bir xodimni  boshqarmaning  aloqa kanallari orqali xabar berishga chaqiramiz.
Xalqimiz xizmatida ekanmiz, halollikni, oshkoralikni hamda korrupsiyaga qarshi mutlaqo toqatsizlikni namoyish etishga tayyormiz.